Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tumanlardagi yoshlarning muammolari va ijtimoiy ehtiyojlari oʻrganilmoqda


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yoshlar bilan ishlash — ustuvor vazifa sifatida izchil davom ettirilmoqda. Universitet rahbariyatiga tumanlardan biriktirilgan yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari va ijtimoiy ehtiyojlari oʻrganilmoqda.

Xususan, universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov boshchiligida barcha prorektorlar va fakultetlar dekanlari o‘zlariga biriktirilgan tumanlardagi yoshlarning xonadonlariga borib, ular bilan ochiq va samimiy muloqotlar olib bormoqdalar. Uchrashuvlar davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, qayta tayyorlov kurslariga jalb etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Eng muhimi, har bir yoshning muammosi alohida o‘rganilib, ularni hal etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Ulashish