Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


  • - Bu yilgi kirish test sinovlarida abiturientlar binoga qoʼlqop, niqob bilan kiritiladi, deyilmoqda. Ushbu himoya vositalarini oʼzimiz tayyorlab qoʼyamizmi yoki taʼminlanadimi?

    Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash butun dunyoda, shu jumladan Oʼzbekistonda ham davom etib turgan bir sharoitda 16 martdan Oʼzbekistonda koronavirus tarqalishiga qarshi karantin choralari eʼlon qilingan boʼlsa, 25 martdan eʼtiboran Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar jamoat joylariga niqobsiz chiqqan holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan boʼlsa – tegishli choralar qoʼllanilishi belgilab qoʼyilgan. Bundan kelib chiqib joriy yilda kirish test sinovlarida ishtirok etuvchi abiturientlar tibbiyot qoʼlqopi va niqob(maska)lar bilan kelishlari lozim boʼladi.

    Ushbu tartiblar bir tomondan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga, boshqa tomondan esa karantin davrida fuqarolarning sogʼligʼi hamda ijtimoiy muhofazasini qatʼiy taʼminlashga qaratilgan.

  • - Men nogironman. Test sinovi topshirish jarayonida nogironlarga alohida xizmat koʼrsatish tizimi mavjudmi?

    Nogironligi boʼlgan shaxslarga alohida xizmat koʼrsatish tizimi boʼlmasada, kirish test sinovlari oʼtkaziladigan bino va pavilionlarida nogironligi boʼlgan shaxslarga test materiallari bilan ishlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Shu jumladan test sinovlarini oʼtkazishda ishtirok etayotgan barcha vazirlik va tashkilotlar xodimlari. Shu jumladan tibbiyot xodimlari tomonidan nogironligi boʼlgan shaxslarga test materiallari bilan ishlashdan tashqari barcha harakatlanish bilan bogʼliq hollarda amaliy yordam koʼrsatiladi.

  • - Oʼtgan yili men farzandimning test topshirish jarayonini kuzata olmadim. Bu yil bevosita kuzatish imkoniyati boʼladimi?

    2020/2021 oʼquv yili uchun ham avvalgi yillardagidek kirish test sinovlari jarayonining haqqoniyligini, maksimal darajada oshkora va shaffofligini taʼminlash, maqsadida videokuzatuvlar orqali keng jamoatchilik, shu jumladan, abiturientlarning ota-onalari kirish test sinovlarini toʼgʼridan-toʼgʼri (Internet orqali onlayn rejimda, OАVda) kuzatib borishlari uchun imkoniyat yaratiladi.

  • - 2019-yilda roʼyxatdan oʼtish vaqtida toʼlov qilish muammo boʼlgan edi. Bu yil toʼlov qanday amalga oshiriladi?

          Bu yil toʼlovlarni bank kassalari, bank ilovalari, Clik, Pay Me va Paynet (orqali naqd pul) koʼrinishida amalga oshirish imkoniyatlari yaratish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.

 

  • - Аbiturientdan qanday hujjatlar talab etiladi?

            Talab qilinadigan hujjatlar:
            Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun
           • pasport;
        • diplom;
        • til bilishi sertifikati;
        • imtiyozi mavjud boʼlganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
      - 2021 yil bitiruvchilari uchun
      • pasport;
      • bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi, xujjat topshirish uchun maktab bitiruvchisi attestat olishi shart yemas).

  • - Xujjat topshirish tartibi qanday?

      Аbiturientlarni roʼyxatdan oʼtkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) boʼlgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
       Barcha hududlarda:
       Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
       Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz, abitur.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi.

       Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda 
       Davlat xizmatlari markazlari orqali.

  • - Chet tillari boʼyicha qanday imtiyozlar belgilangan? IELTS sertifikat oʼtadimi?

    2020/2021 oʼquv yilidan boshlab test taʼlim yoʼnalishiga mos fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning B2      va undan yuqori darajalariga ega      boʼlgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. 
    Yaʼni, oʼtgan yildagidek B1 darajaga imtiyoz berilmaydi!
    Faqat birgina istisno, 2019-yil 1-yanvarga qadar B1 milliy sertifikat olgan abiturientlar, sertifikatning amal qilish muddati oʼtmagan boʼlsa, B1 daraja bilan ham maksimal ball olishadi. Bu qoida faqat        DTM bergan sertifikatlarga taalluqli,      IELTS yoki boshqa tizimlarga aloqasi yoʼq.