Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Urganch Davlat universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi tarixi va hozirgi kundagi faoliyati Barchamizga ma'lumki kasaba uyushma tashkilotlari xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilot hisoblanib, mehnatkashlarning vakolatli vakillik organi hisoblanadi. Kasaba uyushma qo`mitasi boshqaruvi tarixiga nazar soladigan bo`lsak 1992-1993 yillarda Cho`panov Otanazar Otajonovich ishchi-xizmatchilar kasaba uyushma qo`mitasiga rahbalik qilgan. Talabalar kasaba uyushma qo`mitasiga Sapayeva Avazjon rahbarlik qilgan.Ushbu davrda bosh hisobchi lavozimida O`razmetov Komil faoliyat olib borgan. 1993 yida Urganch Davlat universiteti kasaba uyushma qo`mitasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasiga aylantirildi. 1993-2012 yilarda qo`mitaga Karimov Ollayor Shermetovich rahbarlik qilgan. Tangriberganov Ismail O`razboyevich 1994 yidan 2000 yilgacha Kasaba uyushma qo`mitasi raisi o`rinbosari, 2000 yil 1 yanvardan boshlab qo`mita bosh hisobchisi lavozimida faoliyat ko`rsatgan. 2020 yil fevral oyidan boshlab Kasaba uyushma qo`mitasiga Xamrayev Quvvat Iskandarovich rahbarlik qilib kelmoqda.2020 yildan 2021 yilgacha bosh hisobchi lavozimida Yaqubov Azizbek G`anibekovich faoliyat yuritgan.2021 yildan hozirgi kungacha kasaba uyushma qo`mitasi bosh hisobchisi lavozimida Xudayberganov Mansurbek Faxreddinovich faoliyat olib bormoqda. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi, ta`lim va fan xodimlari Respublika kengashi ustavlariga muvofiq xodimlar va talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfatlarini himoya qilishda universitet ma'muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 1994-2020 yillar davomida tuzilgan jamoa sharnomasi (Jamoa shartnomasi uch yil muddatga tuziladi) asosida ish olib bormoqda. Jamoa shartnomasi (shartnomaga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan birga) 14 bob va 132 band, shuningdek 15 ta qo`mimcha va o`zgarishlardan iborat bo‘lib, universitet barcha xodimlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalariga nisbatan tadbiq etiladi. Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlar va talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyasi borasida Jamoa shartnomasida belgilangan bandlarni bajarishda o‘zining yillik ish rejasi, mablag‘larni sarflash smetasiga asosan ish olib boradi.Xodimlar va talabalarning ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy, mehnat sohasidagi manfaatlari himoyasini kuchaytirish, sport – sog‘lomlashtirish, dam olish, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish ishlariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. 2010 yilda respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan uyushtirilgan ko`rik tanlovda universitet talabalar turar joyi eng namunali talabalar turar joyi nominatsiyasi bo`yicha respublika birinchiligini qo`lga kiritgan va tegishli sovrin bilan taqdirlangan. Universitetda Jamoa shartnomasiga asosan xodimlar va talabalar faoliyatidagi yutuqlari uchun rag‘batlantirishlar, bayramlar arafasida mukofotlar belgilashda kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishtiroki ta'minlanadi. Har yili jamoaning umumiy yig`ilishida universitetning barcha tizimlari va bo‘linmalaridagi ishlash, o‘qish, yashash joylarida xodimlar hamda talabalarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi sharoitlarini yaxshilash maqsadida ma'muriyat va kasaba uyushma qo`mitasi o‘rtasida «Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» bo‘yicha Bitim (Kelishuv) tuzilib shu asosda amaliy ishlar qilinadi.Bitim bo`yicha ma`muriyat va kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan ajratilgan mablag` yillar davomida o`sib bormoqda.Bu esa kasaba uyushma a`zolarining mehnat muhofazasini ta`minlaydi. 2016 yilda Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo`yicha “Eng yaxshi mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta`minlagan tashkilot” nominatsiyasi bo`yicha respublikada birinchi o`rinni olishga muvaffaq bo`lingan. 2021 yil 27-aprel kuni Xorazm viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo`yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko`rik-tanlovi viloyat bosqichida universitet Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bo`limi boshlig`i Irina Ibragimova 2-o`rinni egallab respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

123

Unga ko`ra,  UrDU Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bo`limi boshlig`i Irina Ibragimova  2-o`rinni egallab respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

2021 yil 9-noyabr kuni “11-Noyabr - O`zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan O`zbekiston Ta`lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Xorazm viloyat bo`yicha ma`sul tashkilotchisi tomonidan Urganch davlat universiteti boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi apparat xodimlari kasaba uyushma faoliyatidagi faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Mehnat shartnomasini bekor qilish (ayniqsa, ma`muriyat tashabbusi bilan), talabani o‘qishdan chetlatish ishlarida kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi olinadi.

Universitetda namunali mehnat qilib yutuqlarga erishayotgan xodimlarni davlat mukofotlariga taqdim etishda kasaba uyushma qo‘mitasi faol ishtirok qilib kelmoqda.Har yili xodimlarning ishlagan davri uchun ta`til grafiklari kasaba uyushma qo‘mitasi bilan  kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan madaniy-maishiy ob'ektlar, talabalar oshxonasi  va xizmat ko‘rsatish shahobchalari faoliyatini yaxshilash borasida muntazam nazorat ishlari olib boradi.Universitet xodimlarining Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda salomatliklarini tiklash ishlarini tashkillashtirib, har yili sog`lomlashtirilgan xodimlar soni ortib bormoqda.Shuningdek, kasaba uyushma a`zolarining farzandlarini yozgi bolalarni sog`lomlashtirish oromgohlarida kasaba uyushma budjeti mablag`lari hisobiga dam olishlariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shuningdek, jamoa shartnomasiga muvofiq davolanish, dori-darmonga muhoj kam ta'minlangan xodimlar va talabalarga moddiy yordam ajratib kelinmoqda. Kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan talabalar turar joylarida yashovchi talabalarning yashash, dars tayyorlash, dam olish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi hamda ular o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish uchun yaratilgan sharoitlarning ahvoli muntazam o‘rganib boriladi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi tamonidan ma'naviyat soatlari rejasi ishlab chiqilib, xodimlar va talabalarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida manaviyat soatlari tashkil qilinadi.

Xodimlar va talabalar o‘rtasida “O‘z kasbining mohir egalari” va “ Eng faol yosh olim” ko‘rik tanlovlari bo`yicha madaniy ommaviy tadbirlar o‘tkazilib, unda kasaba uyushma a`zolarining ishtiroki ta'minlab kelinmoqda.

Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishda kasaba uyushma qo`mitasi alohida faollik ko`rsatib, kasaba uyushma a`zolari va ularning oila a`zolarini respublikamizning  diqqatga sazavor joylari, ziyoratgohlar (muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, yodgorlik-majmualari, muzeylar, yangi barpo etilgan obyektlar) boʻylab sayohatlarini  uyushtirib kelmoqda.

Har yili oilasida nogiron farzand tarbiyalayotgan xodimlarning, kam ta`minlangan, bo`quvchisini yo`qotgan oila vakillarining farzandlari uchun kasaba uyushma qo`mitasi mablag`lari hisobidan o`quv qurollari xarid qilib beriladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirish bo‘yicha kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlar va talabalarni sport-sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilib  xodimlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha yosh xodimlar spartakiadalari va musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

Har yili Oktyabr oyining birinchi o`n kunligida “Keksalar haftali” doirasida kasaba uyushma a`zolarining keksa vakillari, mehnat faxriylari, faol va sobiq kasaba uyushma a`zolari uchun sayohatlar, sport musobaqalari va konsert dasturlari tashkil qilinadi.

Jamoa shartnomasiga asosan xodimlar ilmiy ishlanma va yutuqlari uchun universitet budjetdan tashqari mablag`laridan mukofotlanadi.Jumladan, asosiy shtatda ishlaydigan universitet professor o`qituvchilari va xodimlariga “Web of Science” va “Scopus” xalqaro e`tirof etilgan bazalarda mavjud bo`lgan jurnallarda chop qilgan har bir maqolasi uchun mehnatga haq to`lashining eng kam miqdorining besh barobaridan sakkiz barobari miqdorida mukofotlanadi.

        Bugungi kunda kasaba uyushma qo`mitasining a`zolari soni 1522 nafarni tashkil etadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi kelgusida universitet xodimlari va talabalarini ijtimoiy himoyasi ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida o`z oldiga yuqori maqsadlarni qo`ygan.