Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Sport va san’at fakultеti 

Sport va san’at fakultеti to‘g‘risida

Jismoniy madaniyat fakulteti 1999 yil 2 sentabrda tashkil topgan. 1999-2006 yillarda professor G‘.M.Satipov, 2006-2009 yillarda dotsent O‘.L.Matnazarov, 2009-2019 yillarda dotsent A.K.Sharipovlar fakultet dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2019 yildan xozirgi kungacha dotsent S.U.Koʻpalov Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Dastlab fakultet tashkil topgan davrda 3 ta kafedra fakultet tarkibiga kirgan; “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” kafedrasi, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” va “Umumiy jismoniy tarbiya” kafedrasi. 2011 yilga kelib “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” kafedrasi nomi “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasiga “Umumiy jismoniy tarbiya” kafedrasi nomi “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasiga o‘zgartirildi. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (Tibbiy bilim asoslari) kafedrasi 1999 yil tashkil topgan bo‘lib, 1999-2006 yillarda dotsent E.Y.Qo‘shchanov, dotsent Z.Ametov, dotsent Q.Djumaniyazovlar, 2006-2011 yillarda professor G‘.M.Satipov kafedra mudiri lavozimida ishlagan, 2011-2015 yillar davomida dotsent X.Bekchanov kafedra mudiri lavozimida ishlab keldi.Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasida 1999-2010 yillarda dotsent M.M.Raximov faoliyat olib borgan, 2010 yildan boshlab p.f.n. F.T.Masharipov kafedrani boshqardi. Kafedra nomi 2015 yil sentabr oyidan Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodkasi nomi bilan o‘zgartirildi va unga dotsent S.U.Ko‘palov raxbarlik qildi, 2018 yil mart oyidan kafedraga dotsent O‘.L.Matnazarov raxbarlik qildi, 2023 yil sentyabr oyidan kafedraga p.f.b.f.d (Phd)  Z.T.Sherov raxbarlik qilmoqda.

Umumiy jismoniy tarbiya (Jismoniy tarbiya va sport) kafedrasida 1999-2006 yillarda dotsent O‘.L.Matnazarov, 2006-2009 yillarda p.f.n. V.Sh.Raximov, 2009-2015 yilarda dotsent O‘.L.Matnazarov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. Kafedra nomi 2015 yil sentabr oyidan Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasiga o‘zgartirildi va 2020 yil sentabr oyigacha kafedraga dotsent B.J. Yadgarov raxbarlik qildi. Kafedra nomi 2020 yil sentabr oyidan Sport faoliyati nomi bilan o‘zgartirildi va unga dotsent  F.T.Masharipov raxbarlik qilmoqda.

2020 yildan boshlab fakultetda 2 ta kafedra faoliyat olib bormoqda, bular “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodkasi” va “Sport faoliyati” kafedralari. Dastlab fakultetda kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda 5141900-jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan. 2005 yili 5A141901- Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim mutaxassisligi ochildi va unga 6 nafar magistrlar qabul qilindi. 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab 5112000-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar qabul qilindi. 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab, chekka xududlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, maxalliy qizlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun ayol murabbiylarni tayyorlash maqsadida Urganch davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetida 5610535-sport faoliyati (Xotin qizlar sportini rivojlantirish) ta’lim yo‘nalishiga talabalar o‘qishga qabul qilindi. Xorazm viloyatidagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim maktablari, kollejlar, yangi qurilgan sport majmualaridagi kadrlarga bo‘lgan extiyojlardan kelib chiqqan holda ushbu ta’lim yo‘nalishi talabalari 4 ta sport turi: Dzyu-do, Yengil atletika, Voleybol, Gandbol sport turlari bo‘yicha yo‘naltirilgan.

Jismoniy madaniyat fakulteti xozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari uchun jismoniy madaniyat ixtisosligi bo‘yicha malakali o‘qituvchi va murabbiy kadrlarni tayyorlab kelmoqda. 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab fakultet yangi qurilib bitkazilgan o‘quv binosiga ko‘chib o‘tdi. Yangi binoda zamonaviy sport zal, o‘quv xonalari mavjud bo‘lib, to‘liq talablarga javob beradigan jihozlar bilan ta’minlangan. Fakultet binosi PQ-1533 dasturiga kiritilgan bo‘lib 2014 yil qayta ta’mirlandi.

Talabalarning dars jarayonida va darsdan bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan: 2 ta katta sport zal (18x36), ochiq maydonda bitta futbol maydoni, yengil atletika yugurish yo‘lakchasi, uzunlikka sakrash maydonchasi, 2 ta yadro irg‘itish maydonchasi, 2 ta suniy qoplangan mini futbol, 1 ta basketbol, 1 ta voleybol maydonchalari, 1 ta tennis korti va 1 ta gimnastika maydonchalari mavjud. Shu jumladan, o‘quv binosida sport o‘yinlari va jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi xonalari etarli darajada ko‘rgazmali qurollar va ko‘rsatmalar, elektron doskalar va proektoplar bilan jihozlangan. Fakultetda professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayonini yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Fakultetda 1 ta kompyuter va 1 ta lingafon xonalari tashkil qilingan bo‘lib, barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan hamda o‘quv dasturida ko‘rsatilgan fanlardan ma’ruza matnlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari elektron shaklda kiritilgan.

Jismoniy madaniyat fakultetida o‘tgan davr maboynida 5 ta monografiya, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilingan. Shuningdek fakultetimiz professor-o‘qituvchilari fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etib kelishmoqda. 2012-2013 yillarda fakultetda Davlat fan texnika dasturi doirasida dotsent A.K.Sharipov raxbarligida IOT-2012-1-22- “Jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida innovatsion loyiha olib borildi. Tadqiqot natijasida 5 ta ilmiy maqola, 1 ta o‘quv – uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya, 1 ta elektron qo‘llanma chop qilindi.

Fakultetda 2006-2012 yillarda jami 11 nafar professor-o‘qituvchi mustaqil tadqiqotchilik asosida pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. 2020 yilda “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchilari N.K.Ruzmetov va J.Sh.Jammatovlar mustaqil izlanuvchilik asosida 13.00.04. - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

Universitetda jismoniy tarbiya, sport va ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini yuqori saviyada olib borish, davlatimiz tomonidan bu borada qo‘yilgan barcha vazifalarni samarali xal qilish, talabalar va xodimlar orasida sportning ommaviyligini oshirish «Universiada» va boshqa sport tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishni yanada kuchaytirish maqsadida 1999 yil “Talaba”sport klubi jamoatchilik asosida tashkil qilingan. Universitetimiz sportchilari «Universiada» sport musobaqalarida viloyatimiz terma jamoasining asosiy tarkibini tashkil qiladi. Terma jamoamiz Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2000» sport musobaqalarida 11-o‘rinni egalagan bo‘lsa, Buxoro shahrida «Universiada-2002» va Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2004» sport musobaqalarida 8-o‘rinni egallagan. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2007» va Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2013» sport musobaqalarida 8-o‘rinni egallagan. Fargʻona shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2016» sport musobaqalarida Urganch Davlat universiteti terma jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari orasida faxrli 7-o‘rinni egallagan.

Fakultetimiz talabalari nafaqat sport musobaqalari balki Respublika miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok qilib kelmoqdalar. Shu jumladan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutda bo‘lib o‘tgan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida 2012 yil D.Yaqubova 3-o‘rinni, 2013 yil S.Matniyazovlar 2-o‘rinni egallashdi. Nomutaxassislik fanlari bo‘lgan Zoologiya fanidan Samarqand Qishloq xo‘jalik inistitutida bo‘lib o‘tgan Respublika fan olimpiadasida 2012-2013 yillarda A.Madaminov 2-o‘rinni, 2015 yil L.Abduraxmanov fahrli 3-o‘rinni egalladi. Fakultetimiz talabasi Atajonova Gulyor Komiljon qizi sport sohasidagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 
Fakultetda 1999-2020 yillar maboynida 10 dan ortiq halqaro toifadagi sport ustalari, 100 dan ortiq sport ustalari va yuzlab sport ustaligiga nomzod sportchilar etishib chiqdilar. 2012 yil London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida Muradjan Xolmuradov ilk bor ishtirok qilgan bo‘lsa 2016 yilga kelib ishtirokchilar soni yanada oshdi. D.Urazbayev, Sh.Sabirov, G.Matniyazovalar 2016 yil Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok qilishdi. Diyorbek Urozbayev Dzyudo sport turidan 60 kg vaznda 3 o‘rinni egallab bronza medaliga sazovvor bo‘ldi. Shuningdek Sevinch Salaeva dzyudo sport turidan -52 kg vaznda va Tursunpashsha Nurmetova -63 kg vaznda 2016 yil Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlarida bronza medaliga sazovvor bo‘lishdi. Shu bilan birga 2017 yil 17-27 sentyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxabat shaxrida Jang san’ati va yopiq inshoatlardagi V-Osiyo o‘yinlarida UrDU Jismoniy madaniyat fakultetidan talabalari orasidan 7-nafari qatnashdi. Sportning Milliy kurash turidan 3 nafar talaba qiz, Og‘ir atletika turidan 2 nafar talaba, Taekvando sport turidan 1 nafar talaba, sombo sport turidan 1 nafar talaba ishtirok qilib barchasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Fakultetimiz sportchi talabalaridan 10 nafarga yaqini 2021 yilda Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun yuqori saviyada o‘quv yig’in mashg‘ulotlarida va olimpiadaga yo‘llanma beruvchi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar.

Fakuitetimiz sportchi talabalari va murabbiylari 2022 yilda bo’lib o’tgan “Universiada 2022” sport musobaqalarida munosib qatnashib umumjamoa hisobida faxrli 2- o’rinni qo’lga kiritdilar 

2023 yil sentyabr oyidan fakultetimiz tarkibiga “San’at” kafedrasi qo’shildi va Jismoniy madaniyat fakulteti  Sport va san’at fakulteti nomi bilan o’zgartirildi.