Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


 

 

 

FAKULTETNING TASHKIL ETILISH TARIXI

Kimyoviy texnologiyalar fakulteti oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 18-martdagi №156 sonli Urganch davlat universiteti ustavini tasdiqlash to’grisidagi buyrug’iga asosan “Texnika” fakulteti tarkibidan ajralib chiqqan. 

Kimyoviy – texnologiyalar fakultetida 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda:

Fakultetda malakali 45 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda va yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim bermoqda. Shulardan 30 nafari asosiy shtatda va 13 nafari o‘rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqdalar. Fakultetda 3 ta fan doktori, 2 ta universitet faxriy professori, 14 ta fan nomzodi va 3 tasi katta o‘qituvchilardir. 

Yuqorida keltirilgan ta’lim yo‘nalishlarida jami 2021-2022 o’quv yili holatida 1028 nafar talaba tahsil olmoqda, shulardan 569 nafari o‘g‘il bolalar, 459 nafari esa qiz bolalarni tashkil qiladi.

Xorazm viloyatida ishlab chiqarishni yuqori darajada rivojlantirish korxonalariga oliy ma'lumotli malakali kadrlar, xususan muxandis texnologlar tayyorlab berish bilan uzviy bog'liq. Malakali mutaxassis texnologlarni tayyorlab chiqarish maqsadida 1992 yili O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan Urganch Davlat universiteti tarkibida Тoshkent Politexnika universiteti fakulteti tashkil etildi. Unga Toshkent shahridagi turli oliygoxlarda arxitektura, kimyoviy texnologiya va injenerlik yo'nalishlarida ta'lim olayotgan Xorazmlik talabalarning keyingi o`qishlari ko`chirib kelindi.

O`tgan davrlarda kafedrada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning, ya'ni o`quv-tarbiya jarayonlarini zamonaviy talablar asosida olib borishning mustahkam tizimi yaratildi. Kafedraning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Kafedra barcha talablarga javob beradigan 10 ta - «Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar», «Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi», «Oziq-ovqat texnologiyasi», «Biotexnologiya», «Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi», «Fizik kimyoviy tahlil usullari», «Avtomatika va ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish» kabi laboratoriyalar tashkil etildi. Ularni zamonaviy jihozlash, yetarli darajada reaktivlar bilan ta'minlash ishlariga jiddiy e'tibor qaratildi. Bu ishlarga 300 mln so`mdan ortiq mablag' sarflandi. Ushbu laboratoriyalarda nafaqat o`quv jarayoni, balki yosh olimlarning ilmiy tadqiqodlar ishlari olib borilmoqda hamda korxonalarning texnologik muammolari hal qilinmoqda,

O`quv adabiyotlari bilan ta'minlash darajasi 100 foizga yetkazildi. Adabiyotlarning yangi avlodlarini yaratish ishlari kuchaytirildi. O`quv mashgulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borish an'ana tusiga kirdi. 1998-2011 yillarda kafedraning ilmiy salohiyati keskin oshdi. Nomzodlik va doktorlik himoyalar soni oshdi. Jumladan- 1998 yilda S.B.Baxtiyorov, 2003 yilda Z.K.Babaev, 2004 yilda I.R.Bayjanov, 2005 yilda Z.M.Quryazov, 2007 yilda Sh.K.Matchanov, 2009 yilda Sh.R.Qurambaevlar texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldilar. 2005 yili M.J.Jumaniyazov texnika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2010 yili professor ilmiy unvonini oldi.

 
1994-2011 yillar davomida kafedra dunyoning va Respublikaning nufuzli oliygohlari va ilmiy tadqiqod institutlari bilan doimiy aloqalar bog'ladi. Jumladan, Shvedtsiya Qirollik instituti bilan hamkorlik aloqalari natijasida kafedra bitiruvchilari Masharipova Shoira, Allaberganova Inobatlar magistraturani ushbu institutda tamomladilar. Frantsiyaning Parij universiteti bilan hamkorlik samarasida dots. Z.K.Babaev ikki oylik malaka oshirishda bo`lib qaytdi. Xitoyning Shanxay universitetida kafedra a'zolaridan X.Xolmuratov, Sh.Kurambaev, Z.K.Babaevlar malakalarini oshirib keldilar. Mendeleev nomidagi Moskva Kimyo-texnologiya instituti bilan o`quv-ilmiy xamkorlik to`g'risida shartnomalar imzolandi. Chexiyaning agrar universiteti va Latviya Respublikasining Riga texnika universiteti bilan nomzodlik dissertatsiya tadqiqodlarini olib borishda xamkorlik qilinmoqda. Respublikamizdagi deyarli barcha oliygohlarning kimyo-texnologiya kafedralari bilan har tomonlama xamkorliklar shartnomalari imzolangan. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli nufuzli ilmiy tadqiqod institutlarida talabalar amaliyot o`tkazadi va yosh olimlar ilmiy tadqiqodlar olib bormoqdalar. Bituruvchilarimiz barchasi regionning turli ishlab chiqarish sohalarida ish bilan ta'minlangan. Shu bilan birga 2003 yil bitiruvchisi Umid Boltaev, 1998 yil bitiruvchisi Alimov Umar, 1999 yili bitiruvchisi Yo'ldashev Norbeklar fan nomzodi ilmiy darajasini oldilar va xalq xo`jaligining turli sohalarida mehnat qilmoqdalar. 

O`tgan 1992-2016 yillar davomida talabalarimizdan «Kimyoviy texnologiya» fanlaridan Respublika olimpiadasida K.Yuldashev 2001 da 2-o`rinni, 2005 yilda T.Musaev 1-o`rinni, J.S.Djabberganov 2006 yilda 1-o`rinni, D.Ruzibaev 2009-2010 yillarda 2-o`rini, D.Gapparov 2011 yilda, 2015 yil Sh. Ro`zimova nufuzli 2-o`rinni egalladilar. J.S.Djabberganov. 2007 yil noyabr-dekabr oylarida o`tkazilgan «Kelajak ovozi» tanlovining viloyat va Respublika bosqichlari g'olibi bo`lgan. 

O`quv-tarbiya jarayonidagi sayiiy harakatlar natijasida kafedra talabalari Prezident va Davlat stipendiyalarining g'oliblari bo`ldilar. Jumladan: 1998 yilda A. Matquliev Prezident stipendiyati, 2006 yilda T. Musaev «Beruniy» nomli Davlat stipendiyati hamda 2007 yilda Xalqaro Mendeleev nomli stipendiyasi, 2007 yilda Z.Masharipova «Ulugbek» nomli Davlat stipendiyati, 2008 yilda S.Ro`zmetov «Ulug'bek» nomli Davlat stipendiyati, 2009 yilda O.Matkarimov «Ulug'bek» nomli Davlat stipendiyati, 2010 yilda Z.B.Djumaniyazov «Beruniy» nomli Davlat stipendiyati bo`ldilar.

1994 yili Urganch davlat Universitetida «Kimyoviy-texnologiya» fakulteti tashkil qilingan bo’lib, fakultet tarkibida mutaxassis chiqaruvchi asosiy kafedra - «Texnologiya asoslari» nomi bilan tashkil topgan. Kafedrada shu yildan boshlab oziq-ovqat yo’nalishining “Konservalash texnologiyasi” mutaxasisligi bo’yicha kadrlar tayyorlashni boshlangan. 1996 yili kafedra tarkibida «Oziq - ovqat texnologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha ham malakali kadrlar tayyorlanib boshlandi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini 2017 yil 18 martdagi №156 sonli buyrug’iga asosan Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash xamda oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi” tashkil qilingan. 

        2019 yil yanvar oyidan “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi tashkil qilingan. Kafedraga k.f.n. dots B.M.Ibadullayev rahbarlik qiladi. Kafedrada 5321000-oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha) bakalavr, shunigdek 5A321001–oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yog’larni qayta ishlash texnologiyasi) bo’yicha magistrlar oliy toyifali muhandislar tayyorlanadi. Xozirgi kunda kafedrada 17 nafar professor–o’qituvchilar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda hamda yangi pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga ta’lim bermoqda.

KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR KAFEDRASIDA MAVJUD TA`LIM YO`NALISHLARI                             
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:                  
60710100 – Kimyoviy texnologiya (silikat materiallari); 
60710100 – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar); 

60710100 - Kimyoviy texnologiya (yukori molekulali birikmalar),                                                      

60710100 - Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)

Magistratura yo’nalishi bo’yicha:
5A320404 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi.

5A320401 –Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi)

Doktorantura yo’nalishi bo’yicha:

020013-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

020015-Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi

 

OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI KAFEDRASIDA   MAVJUD TA`LIM YO`NALISHLARI
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha: 
5321000 – Oziq –ovqat texnologiyasi (go‘sht-sut va konserva mahsulotlari) 
5321000 – Oziq –ovqat texnologiyasi (yog‘-moy mahsulotlari) 

Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha: 
5A321001- Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi) 

 

YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASIDA MAVJUD TA`LIM YO`NALISHLARI 

Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:

5321600 - Yengil sanoat texnologiyasi va jihozlari 

5321500 - "Yengil sanoat texnologiyalari va johozlari" (tikuv buyumlari texnologiyasi)

5321500 - "Yengil sanoat texnologiyalari va johozlari" (bo`yash -pardozlash)

5320900 - "Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi" (yigirilgan ip ishlab chiqarish)

5320900 - "Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasi ishlash va texnologiyasi" (ipak ishlab chiqarish)