Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Texnika fakultetining ilmiy-innovatsion loyihalari taqdimot qilindi

Bugun, 28-yanvar kuni Texnika fakulteti professor-oʼqituvchilari va doktorantlarining ilmiy-innovatsion loyihalari taqdimoti bo’lib o’tdi. Unda UrDU rektori B.Abdullayev Oʻquv ishlari boʼyicha prorektor S.Xodjaniyozov hamrohligida ishtirok etdi. 

Taqdimotda umumiy 56 ta nomdagi loyihalar taqdim qilindi. Jumladan, “Arxitektura” kafedrasidan 10 ta, “Qurilish” kafedrasidan 10 ta, “Transport tizimlari” kafedrasidan 14 ta,  “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedrasidan esa 22 ta loyiha koʼrgazmaga qoʼyildi va loyiha mualliflari tomonidan sharhlab berildi. 

Taqdim qilingan loyihalar quyidagi yo’nalishlarga taalluqli bo’ldi:

✔️Import qilingan minitexnikalarning murakkab konstruksiyali detallarini RDB dastgohlari yordamida ishlab chiqarish va ularni ta’mirlash maqsadlarida iste’molchilarga yetkazib berish;
✔️Qishloq xo’jaligi minitexnikalarini ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko’rsatish; 
✔️Fizika va elektrotexnika fanlari bo’yicha zamonaviy laboratoriya stendlarini yaratish;
✔️Energetika muammolari yechimiga qaratilgan innovatsion va startap loyihalar;
✔️Yog‘och o‘ymakorligi va turli materiallardan suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarish;
✔️Kompyuterda loyihalash dasturlarini yoshlarga o‘rgatish bo‘yicha o‘qitish kursini tashkil qilish;
✔️Bino va inshootlarni texnik holatini baholash;
✔️Yangi turdagi qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish.

urdu.uz, Texnika fakultetining ilmiy-innovatsion loyihalari taqdimot qilindi

urdu.uz, Texnika fakultetining ilmiy-innovatsion loyihalari taqdimot qilindi

urdu.uz, Texnika fakultetining ilmiy-innovatsion loyihalari taqdimot qilindi

Ulashish: