Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Urganch davlat universitetida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” haftaligi doirasida bugun Urganch davlat universitetida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Munavvara Salayevaning 98 yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Munavvara Salayeva – universitetimizning filologiya sohasi bo‘yicha birinchi ayol fan nomzodi. Ustoz haqiqiy murabbiy, ajoyib inson, fidoiy olima, tashkilotchi, tajribali jamoatchi, dilingizdagi fikrlarni bir zumda ilg'ab, maslahat berib, qalbingga yo'l topa oladigan nodir hislatlarga ega bo'lgan zukko ayollar toifasiga kirgan. Universitetimizda 34 yil ilmiy va murabbiylik faoliyatini olib bordi.

“Uch avlod uchrashuvi”ga universitet rahbariyati, Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari, Munavvara Salayevaning oila a'zolari, kasbdosh do'stlari va shogirdlari singari chin maʼnoda uch avlod vakillari jam boʻldi.

Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, ustozning sermahsul umr yoʻliga toʻxtaldi. Olimaning nomini abadiylashtirish maqsadida talaba va oʻquvchi qizlar uchun uning nomida stipendiya joriy etilganini maʼlum qildi.

Ustozni xotirlab soʻzga chiqqanlar olimaning hayot yo’li, zabardast shogirdlari, ilmiy merosi va fan olamiga kiritgan yangiliklari, yuksak axloqiy sifatlarini e’tirof etishdi. Bu esa talaba-yoshlar uchun haqiqiy tarbiya va ibrat maktabi boʻldi.

Uchrashuv davomida talabalarning badiiy chiqishlari hamda  Munavvara Salayeva faoliyatiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi. 

urud.uz, Urganch davlat universitetida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

Ulashish: