Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Rektor va bitiruvchi talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugundan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning fakultetlar kesimida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlari boshlandi. Ilk uchrashuv Fizika-matematika fakulteti bitiruvchilari bilan oʻtkazildi. Unda 248 nafar bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.

Universitet rektori bitiruvchi yoshlarni ishga joylashish, kelgusida o’z mutaxassisligi bo’yicha yetuk kadr bo’lib yetishishlariga alohida ishonch bildirar ekan, til oʻrganish, magistraturada ham tahsilni davom ettirish borasida tavsiyalar berdi. Hozirda rasman mutaxassisligi bo’yicha faoliyat olib borayotgan, ish bilan band talabalar haqida qiziqdi. Ilmiy ish olib borayotgan talabalarga koʻmaklashish borasida masʼullarga topshiriqlar berdi.

Erkin muloqotda bitiruvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, oʻquv jarayoni va amaliyot oʻtash borasida takliflar bildirdilar. Rektor yoshlarning tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatladi.

urdu.uz, Rektor va bitiruvchi talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Rektor va bitiruvchi talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Rektor va bitiruvchi talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Ulashish: