Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Navro’z ayyomi viloyatimiz miqyosida keng nishonlanmoqda

Bugun, 19-mart kuni Xorazm viloyati markazidagi "Avesto" bog' majmuasida Navro’z ayyomi munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” ezgu g’oyasi ostida o’tkazilgan bayram sayli barcha yurtdoshlarimiz uchun katta shodiyona bo’ldi.

Bayram tantanalarida Urganch davlat universitetining har bir fakulteti jamoasi sayilning faol qatnashchilari qatorida ishtirok etdi. 

Bugungi sayil davomida tashkil etilgan bir-biridan qiziqarli xalq oʻyinlari, urf-odat va an'analarimizni aks etgan bezaklar, milliy liboslarimiz, hunarmandchilik namunalari, dilbar qizlarimiz o'z qo'llari bilan tayyorlagan turli-tuman betakror Navro'z taomlari va shirinliklar ko’zni quvnatib, folklor dastalari tayyorlab kelgan azaliy marosimlarimiz namoyishi, milliy raqs va kuy-qo'shiqlar xalqimiz ko’nglidan chuqur joy egalladi.

Ulashish: