Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



URDU PROFESSOR-O’QITUVCHILARI XITOY SAFARIDA

Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani I.Abdullayev, Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti dekani J.Ro’zimov va “Agronomiya” kafedrasi dotsenti O.Egamberdiyevlar O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi doirasida erishilgan kelishuvlar hamda imzolangan hujjatlarni amalga oshirish maqsadida hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar olib borish uchun Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo’lmoqda. 

Safar davomida universitet vakillari Shandong Fanlar akademiyasi (Qilu texnologiya universiteti), Lanzhou sa’nat va fan universiteti, Lanzhou Jiaotong universiteti hamda Gansu qishloq xo’jaligi universiteti vakillari bilan muzokaralar olib borib, har ikkala taraf universitetlar uchun ham o’zaro manfaatli bo’lgan kelishuvlarni amalga oshirishmoqda.

Maqsad OTMlar o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qishki va yozgi lagerlarni tashkil etish, ilmiy qo‘shma innovatsion loyihalar  hamda laboratoriyalarni joriy etishdan iborat.

 

Ulashish: