Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yaxshidan bogʻ qoladi!

Urganch davlat universitetida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Bahor mavsumida 3000  tup daraxt oʻtkazish reja qilingan boʻlib, jarayonlar qizgʻin olib borilmoqda.

27-mart kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev loyiha doirasida universitet atrofidagi yer maydonlariga manzarali daraxtlarni ekish jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Ishchi-xodimlar, oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻlib, zarur tavsiyalar berdi.

Ushbu ekilayotgan navlar va parvarishlanayotgan daraxtlar nafaqat universitet hududiga ko’rk qo’shadi, balki atrof-muhit havosini tozalab berish uchun ham xizmat qiladi.

Ulashish: