Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning Sport va san’at fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibodullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, fakultet dekani S.Koʻpalov hamda fakultetning 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda o‘quv, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarning tashkil etilishi,  talabalarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun tashkil etilgan toʻgaraklar, universitetning ichki tartibi, “Odob-axloq” qoidalari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, bugungi kunda dunyoda boʻlayotgan turli tahlikali holatlar haqida alohida toʻxtalib, talabalarni ogohlikka chorladi hamda yoshlarni tinch va osoyishta yurtimizda ularga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, vatanparvar, yurtga sadoqatli, salohiyati va bilimi yuksak shaxs boʻlishga chaqirdi.

Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan uchrashuvlari davom etadi.

Ulashish: