Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Orolga madad” xayriya aksiyasi

Bugun, 30-mart kuni erta tongdan Urganch davlat universitetining bir guruh talaba-yoshlari “Orolga madad” xayriya aksiyasi doirasida ekolog mutaxassislar va universitet tyutorlari hamrohligida Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo‘ynoq tumaniga sayohatga yoʻl olishdi. Talabalarni UrDU rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati kuzatib qoʻydi. 

Keyingi yillarda Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, Mo’ynoqning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida davlatimiz tomonidan keng ko’lamli ishlar amalaga oshirilmoqda. Jumladan, Orolning qurigan tubida saksovulzorlar barpo etilmoqda. Talabalarimiz safar davomida ayni shu xayrli ishga hissa qo’shish ilinjida viloyatimizda o’tkazib kelinayotgan “Orolga madad” xayriya aksiyasi doirasida saksovul va qayragʻoch ekishni maqsad qilishgan.

Safar taassurotlarini biz bilan birga kuzating...

Ulashish: