Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti rahbariyati Urganch davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig'i, polkovnik, t.f.n., dots. O.Axmedov, Malaka oshirish instituti kafedra boshligʻi, podpolkovnik, s.f.d, dots. F.Xatamov, Respublikamizning yirik tadbirkorlaridan biri M.Madaminovlar ishtirokida universitet talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.  Uchrashuvni UrDU rektori, prof.B.Abdullayev ochib berdi.

Uchrashuvda mehmonlar tomonidan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining bugungi kundagi faoliyati, vazifalari, ichki ishlar sohasida ilmiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar xususida  maʼlumotlar berildi.
Mazkur muassasaga xodimlarni ishga qabul qilishdagi talablar, tartib-qoidalar, Turizm politsiyasining vazifasi va unga ishga qabul qilish tartiblari borasidagi talabalarning savollariga javoblar berishdi.

Ulashish: