Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bandligini taʼminlash, yoshlarning har bir qatlami bilan manzilli ishlash, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish davlatimiz siyosati darajasiga koʻtarilgan. 

Shu munosabat bilan bugun, 19-aprel kuni Xorazm viloyat prokurori Muradxon Axmedovning Urganch davlat universiteti talabalari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Talabalarni muammolarini tinglash va hal etish, ularni oldida turgan to'siqlarni bartaraf etishga ko'maklashish, shuningdek, IT va tadbirkorlikka qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu ochiq muloqot UrDU rektori Baxrom Abdullayev raisligida tashkil etildi. 

Unda talabalar bilan ochiq va erkin ruhda suhbat olib borgan viloyat prokurori M.Axmedov bugungi kunda yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari haqida soʻz yuritib,  yoshlarni huquqlari, burch va majburiyatlari haqida to'xtaldi. Davlatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga toʻxtalib, ulardan oqilona foydalanishga chaqirdi. 

Shuningdek, mazkur uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Karimov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Ilxomov, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Atajanov hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i T. Jumaniyozovlar tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlar ham oʻz fikr-mulohazalari, takliflari bilan faol qatnashdilar.

Muloqot yakunida universitetda tahsil olayotgan kam taʼminlangan oila farzandlariga sovgʻalar, IT yoʻnalishida oʻqish istagini bildirgan talabalarga bepul oʻqish uchun yoʻllanmalar, bir guruh talabalarga kitoblar jamlanmasi topshirildi. 

 

Ulashish: