Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat – biz uchun ustuvor masaladir!

Bugun, 19-aprel kuni Urganch davlat universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Urganch davlat universitet rektori Baxrom Abdullayev, universitet rahbar xodimlari va tyutorlari, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va instituti rahbar xodimlari hamda har ikkala OTM talaba-yoshlari  ishtirok etishdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda O.Hasanov yoshlarga kitob mutolaa qilish inson ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini uqtirib, oʻz hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Milliy an’ana va qadriyatlarimizga bo’lgan hurmat hissi va Vatanga bo’lgan muhabbat, sadoqat tuyg’ularini shakllantirishda kitoblarning oʻrni borasida toʻxtaldi. Talabalarga oldilariga aniq maqsad qoʻyishlari, oʻz ustilarida muntazam ishlashlari lozimligini taʼkidladi. Har bir inson hayoti davomida oʼqishi shart boʼlgan 10 ta kitobni tavsiya qildi.

Talabalarda katta taassurot qoldirgan Otabek Hasanov bilan muloqot qizg‘in, muhokama va savol-javoblarga boy bo‘lib, uchrashuv yakunida O.Hasanov faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga o’zining “Liderlar kitobi” ni sovg’a qildi.

 

Ulashish: