Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU rektori Urganch tumanidagi oʻziga biriktirilgan yoshlar xonadonlarida bo′ldi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish maqsadida viloyat komissiyasining qarori bilan 2024-yilda alohida ishlash talab etiladigan yoshlar viloyat OTM rektorlari qatori Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevga ham biriktirilgan.

Shu munosabat bilan bugun, 19-aprel kuni rektor B.Abdullayev va rektor maslahatchisi R.Sharipovlar  Urganch tumanining “Oʻrta doʻrman” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta′minlangan  yoshlar bilan uchrashish maqsadida xonadonlarda boʻldi.

Xususan, ushbu mahallada yashovchi Sarvinoz Allanazarova,  Feruza Jabborovalarning uylarida boʻlib, yoshlarning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini hal qilishga koʻmaklashish maqsadida yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan suhbatlashdi, yashash sharoitlari bilan tanishdi. Muammolari va qiziqishlarini oʻrgandi.

Jarayonlar davom etadi.

Ulashish: