Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan "Ogahiy ijodini tadqiq etishning dolzarb masalalari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman hamda Ogahiyning keyingi yillarda nashr etilgan kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, O'zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Xususan, ff.d.,prof.v.b. A.O'razboyev, f.f.n., dots.A.Primov  o'z ma'ruzalari bilan qatnashib, Ogahiy ijodi va yangi nashrlari yuzasidan fikrlar bildirishdi.

Ilmiy-amaliy anjuman Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiyning "Asarlar" to'plamining 2019/2023-yillarda nashr qilingan jildlari taqdimoti bilan davom etdi. Unda filologiya fanlari doktori, Ogahiyshunos olim A.O'razboyev "Muhammad Rizo Ogahiy - jahoniy siymo" mavzusida ma'ruza qildi.

Ulashish: