Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tilshunosligi kafedrasi jamoasi Navro'z ayyomi sumalak doshqozoni atrofida!

Bahor faslida nishonlanuvchi Navro'z bayrami o'zida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, xalq o'yinlari kabi ma'naviy-madaniy boyliklarimizni aks ettirishi bilan barchaning dilini xushnud qiladi. Shu qatorda, milliy taomimiz bo'lgan Sumalakning doshqozonlarda qaynashi bayramga o'zgacha ruh baxsh etadi. 

O'zbek filologiyasi fakultetida Navro'z ayyomi munosabati bilan ertalabdan bayram taomi — Sumalak tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. Unda O'zbek tilshunosligi kafedrasi jamoasi sumalak doshqozoni atrofida bir-biriga dildan iliq tilaklar tilab, bayramni bahoriy shukuhda nishonlashmoqda.

Ulashish: