Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti faxriy o'qituvchilari Ko'hna Xiva shahri va Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga sayohat qilishdi

Bugun, 4-may kuni universitet Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan bir guruh mehnat faxriylari va nafaqadagi o'qituvchilar uchun "Keksalarga hurmat-yoshlarga ibrat" shiori ostida Xiva shahri "Ichan qal'a" majmuasi va Shovot tumanidagi Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga sayohati uyushtirildi. 

Unda faxriy ustozlar ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, yodgorlik-majmualari, muzeylar, yangi barpo etilgan obektlar boʻylab qisqa muddatli sayohat qildilar.

Sayohat davomida koʻhna Xorazmning oʻziga xos asori atiqalari, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi buyumlar barchaning eʼtiborini jalb qildi. Sayohatchilar ziyoratgohlarini ziyorat qilish bilan birga, Ko'hna Xiva shahrining qadimiy obidalari tarixi bilan yana bir karra yaqindan tanishishdi.

 

Ulashish: