Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti rektori ijodkorlar bilan uchrashdi

Bugun, 4-may kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari, shoira Gavhar Ibodullayeva hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, " Xonqa hayoti" gazetasi bosh muharriri Muhabbat Safoyevalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Ijodkorlar bilan kechgan samimiy muloqotda yurtimiz bo‘ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, taniqli yozuvchi va shoirlar ijodini targʻib qilish orqali badiiy adabiyotga qiziqish uygʻotish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi hamda ushbu loyihani yoshlar hayotidagi muhim ahamiyati, Urganch davlat universiteti hamda Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimining hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlash, talaba-yoshlar bilan taniqli shoir va yozuvchilarni uchrashuvlarini koʻproq oʻtkazish orqali yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish kabilar haqida soʻz yuritildi.

Uchrashuv yakunida rektor B.Abdullayev “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Urganch davlat universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilib, talaba-yoshlar bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishda faol ishtirok qilib kelayotgan shoiralar Gavhar Ibodullayeva hamda Muhabbat Safoyevalarga chuqur minnatdorchilik bildirib, esdalik sovgʻalarini topshirdi. 

 

Ulashish: