Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDUda deputatlar uchun oʻquvlar boshlandi

Urganch davlat universitetida 6-27 may kunlariga moʻljallangan oʻquv seminarlar boshlandi. Bugun UzLiDeP Xorazm viloyati boʻlimi vakillariga oliy taʼlim muassasalaridan trener sifatida jalb qilingan hamda Davlat boshqaruv akademiyasida tashkil etilgan trenerlar tayyorlash oʻquvlarida malaka oshirgan, shu jumladan, Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari mashgʻulotlarni olib bormoqdalar.

Oʻquv seminarlarning ilk kunida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev qatnashib, mashgʻulotlarni ochib berdi. 

Seminar davomida malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning ahamiyati, Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida maʼruzalar olib borishi belgilangan. 

 

Ulashish: