Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



MATEMATIKA BO'YICHA AN'ANAVIY XOTIRA TURNIRINING OCHILISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Bugun, 7-may kuni Urganch davlat universitetida viloyatimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha an'anaviy xotira turniri boʻlib oʻtmoqda. Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti)da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazilmoqda.

Ochilish marosimida taniqli matematik olimlar, universitetning faxriy ustozlari, olimning shogirdlari, Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari, talabalari hamda turnirda qatnashish istagidagi maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar. 

Tadbirni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi.  Shuningek, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi H.Bektemirov hamda A.Jumaniyozov, X.Babajonov,  K.Navruzov, E.Roʻziyev singari universitetimizning bir guruh professorlari soʻzga chiqib, ustozni yodga oldilar. Hayoti, ilmiy-ijodiy izlanishlari, matematika sohasiga qoʻshgan munosib hissasi va bugungi kunda olimning faoliyatini davom ettirib, jamiyatda oʻz oʻrniga ega izdoshlarini eʼtirof etdilar. Bu esa turnir ishtirokilari bo'lgan maktab o'quvchilarida matematika faniga nisbatan yanada katta qiziqish uyg'otdi, deya olamiz.

Shundan soʻng, olimpiada ishtirokchilariga  turnirning o‘tkazilish tartib –qoidalari  boʻyicha tushuntirish berildi, barcha ishtirokchilarga omad tilagan holda Fizika-matematika fakultetida jarayonlarga start berildi.

Ulashish: