Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida xotira turniri qizg'in davom etmoqda

Ayni paytda viloyatimizdagi umumta'lim maktabi o'quvchilari uchun matematika fanidan an'anaviy o'tkazilib kelinayotgan xotira turniri bo'lib o'tmoqda.

Ertalab olimpiada ishtirokchilari kutib olinib, o‘quvchilarga olimpiadaning o‘tkazilish tartib –qoidalari  bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilib,  soat 10.00 da olimpiada masalalarini yechishga start berildi. Olimpiada viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilarining 5-10 sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilmoqda.  

Ayni damda, yosh matematikalar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazmoqdalar. Aytish joizki, mazkur xotira turniri doirasida universitet talabalari o'rtasida ham ichki olimpiada tashkil etilib, unda universitetimiz talabalari katta qiziqish bilan ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, turnir mobaynida universitet bo'ylab sayohat hamda g'oliblarni taqdirlash marosimi ham rejalashtirilgan.

Ulashish: