Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



AQSHning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9-fevral kuni AQSHning Toshkentdagi elchixonasi Jamoatchilik diplomatiyasi vakili Anna Balog va Akademik almashinuvlar koordinatori Hamid Inomxo‘jayevlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar bilan universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fakulteti dekani J.Ruzimov hamda Agronomiya kafedrasi professori N.Ibragimovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari va amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari haqida mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, AQSHning Toshkentdagi elchixonasi vakillari Fulbright dasturi tadqiqotchisi Robert Craig Schwartzning 2025–2026 o‘quv yilining bahorgi semestri davomida Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida talabalarga dars mashg‘ulotlarini olib borishi va universitet tadqiqotchilari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishini ma’lum qilishdi.

Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati Fulbright dasturi doirasida mutaxassis yuborilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusida ilmiy hamkorlikni davom ettirish niyatini ma’lum qildi.




















 

Ulashish: