Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Malayziyaning MAG Architect Sdn. Bhd Arxitektura kompaniyasi va Urganch davlat universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

 Bugun, 12-fevral kuni Malayziyaning Malayziya Islom universiteti Arxitektura kafedrasidan professor Wan Norisma va Fadli Arabi hamda MAG Architect Sdn. Bhd Arxitektura kompaniyasi vakillari, professor Muhsin Abdul Ghani, Muharram Adja Radjeman Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar bilan oliygoh rahbariyati hamda Texnika fakulteti professor-o'qituvchilarining rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv doirasida Urganch davlat universiteti va MAG Architect Sdn. Bhd Arxitektura kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnoma professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun arxitektura sohasida malaka oshirish, tajriba almashish, amaliy loyihalarda ishtirok etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni ko'zda tutadi.

Ulashish: