Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Texnik va boshqaruv sohalaridagi ayollar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 4-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Texnik va boshqaruv sohalaridagi ayollar konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Mazkur anjuman texnik va boshqaruv kasblarida xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya sohasida inson kapitalini rivojlantirish hamda universitet bitiruvchilarini mutaxassis sifatida sohaga jalb  qilishga qaratilgan.

Konferensiyada universitet rahbariyati, Voltalia, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) hamda KPMG kompaniyalari vakillari, Fizika kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda tegishli bakavriat va magistratura bosqichi bitiruvchi talabalari ishtirok etmoqda. 

Konferensiya rasmiy ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda universitet rektori v.v.b S.Xodjaniyozov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda ayollarning ilm-fan, innovatsiya va boshqaruv tizimidagi faolligi ortib borayotganini alohida ta’kidladi hamda ishtirokchilarga samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan so‘ng, Voltalia, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) hamda KPMG kompaniyalari ko‘magida yangilangan o‘quv dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida ayni paytda Xorazm viloyatida “Voltalia Tashkent” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan 100 MW quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi loyihasi doirasida talaba-yoshlarni amaliyot va ishga jalb etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Konferensiya doirasida KPMG tomonidan tashkil etilgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” mavzusidagi o‘quv-ma’ruza dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan Fizika kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Konferensiya doirasida Fizika kafedrasi dotsenti K.Yakubov tomonidan universitetda yo‘lga qo‘yilayotgan qayta tiklanuvchi energiya yo‘nalishidagi yangi bakalavriat — 60711000-Muqobil energiya manbalari /Quyosh energetikasi hamda magistratura — 70710413-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ta’lim dasturlari taqdimot qilindi. Ushbu dasturlar zamonaviy mehnat bozori talablari va barqaror rivojlanish tamoyillariga mos ravishda ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, ayol yetakchilarning ta’lim yo‘li, kasbiy rivojlanishi, yengib o‘tilgan qiyinchiliklar va yangi imkoniyatlar yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. 

Mazkur konferensiya texnik va boshqaruv sohalarida xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ilmiy va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda qayta tiklanuvchi energiya yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Ulashish: