Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU professori “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tarix kafedrasi professori Mamlakat Jumaniyazova O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining 2026-yil 2-martdagi 31-sonli buyrug‘iga asosan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot bugun “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tashkil etilgan Xorazm viloyati tadbirida tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu yuksak e’tirof ustozning ilm-fan rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, yosh avlodni tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnati hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokining munosib e’tirofidir.

Hurmatli Mamlakat Jumaniyazovani ushbu nufuzli mukofot bilan universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ustozga mustahkam sog‘liq, ilmiy faoliyatida yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaymiz! 

Ulashish: