Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Seul Milliy Universiteti (Seoul National University) magistrlik kurslarini e'lon qiladi


2022-yil kuzgi semestr uchun Seul Milliy Universiteti (Seoul National University) “shahar boshqaruvi va rejalashtirish” mutaxassisligi bo'yicha magistrlik kurslarini  e'lon qildi. Mazkur dastur shahar boshqaruvi borasidagi ko‘nikma va malakani oshirishga qaratilgan bo’lib nomzodlar ingliz tilini bilishi va shaharsozlik yo‘nalishi bo‘yicha davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi talab etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar mustaqil ravishda https://isus.uos.ac.kr/korNotice/view.do?list_id=50018CA1&%20seq=72&sort=1&viewAuth=Y&writeAuth=N&x=1&y=1&w=5&epTicket=LOG veb-saytida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani on-line tarzda to‘ldirishi kerak. Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 14-aprel. 
Mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot uchun +82-2-6490-5197 telefon raqami yoki muap@office.uos.ac.kr elektron manziliga murojaat qilish mumkin.