Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʼqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi
NIZOM
 
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining (keyingi oʼrinlarda oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) bakalavriatiga oʼqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʼtkazish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom harbiy taʼlim muassasalariga va Oʼzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim muassasalariga (filiallariga) oʼqishga qabul qilish boʼyicha test sinovlarini oʼtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

abiturient — oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga hujjat topshirgan, Davlat test markazining ruxsatnomasiga ega boʼlgan, test sinovi qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda belgilangan guruhda test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgor;
abiturient ruxsatnomasi — pasport (u boʼlmagan holda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abiturientning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beradigan hujjat;
bino rahbari — Davlat test markazi direktorining buyrugʼi bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar boʼyicha binodagi guruh nazoratchilari va abiturientlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʼrsatuvchi xodim;
guruh nazoratchisi — Davlat test markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat boʼyicha test sinovlarida abiturientlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib boʼyicha oʼtishini qatʼiy nazorat qilishga masʼul boʼlgan va abiturientlarga test sinovini topshirish tartibi boʼyicha amaliy yordam koʼrsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari oʼtkazilishi bilan bogʼliq seminarda ishtirok etgan shaxs;
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga moʼljallangan va abiturientning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi (keyingi oʼrinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) — oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrugʼi bilan tasdiqlanadigan, belgilangan vazifalar boʼyicha taʼlim yoʼnalishlariga abiturientlar hujjatlarini qabul qiluvchi, ularga test sinovlari jarayoni boʼyicha maslahatlar, koʼrsatmalar beruvchi, test sinovlarini oʼtkazishning tashkiliy masalalarida ishtirok etuvchi organ;
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi boʼyicha test topshiriqlarini oʼz ichiga olgan savollar toʼplami;
titul varaqasi — abiturient haqidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan, oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan test sinovi natijalari qayd etiladigan hujjat;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakili (keyingi oʼrinlarda Davlat test markazi vakili deb ataladi) — Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʼrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) direktorining buyrugʼi bilan tayinlanadigan, test sinovlari oʼtkaziladigan tegishli hudud va binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar boʼyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʼrsatuvchi xodim.
4. Test sinovlarini adolatli va xolisona oʼtkazish mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etgan holda oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari, guruh nazoratchilari tomonidan taʼminlanadi.
Mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq test sinovlarini oʼtkazish boʼyicha tashkiliy ishlar mahalliy davlat hokimiyati organlari va oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan taʼminlanadi.
5. Test sinovlari oʼtkaziladigan kunda Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega boʼlmagan shaxslarning test sinovlari oʼtkazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.
6. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) taʼlim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha boʼlgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʼtkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Аbiturient test sinovlari boshlanganidan soʼng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.
7. Аbiturient ruxsatnomasida koʼrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Аbiturient uchun mazkur sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
8. Test topshiriqlari umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari oʼquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
9. Аbiturientlar tanlagan taʼlim yoʼnalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi boʼyicha test sinovini topshiradi.
10. Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirigʼini oʼz ichiga oladi.
11. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʼldirish bilan birga) 30 ta test topshirigʼiga 1 soat, 60 ta test topshirigʼiga 2 soat, 90 ta test topshirigʼiga 3 soat vaqt belgilanadi.
12. Аbiturientlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani toʼgʼrisida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi oʼtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
13. Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʼqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
 

Batafsil...