Close
Skip to main content

2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

 

2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

  • Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) - 10 ta savol;

  • Matematika - 10 ta savol;

  • O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol;

  • 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33.0 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

  • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball

  • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

  • 60 ta savoldan jami 156.0 ball.

2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189.0 ballni tashkil etadi.

Eslatma o‘rnida:

Fanlar majmuasi bu yerda

Javoblar varaqasi bu yerda