Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Diqqat, qabul!


Respublika oliy taʼlim muassasalariga xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun davlat grantiga tanlov eʼlon qilinadi!

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan  Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, Tarix, San’at ta’lim sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2025-2026-o‘quv yilida xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun davlat grantlari ajratilgan.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 2024-yil 16-avgustdagi 72-4-son bayoniga muvofiq, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oʼqish istagi boʼlgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar ushbu raqam +998 93 922 51 02 (Sh.Kuramboyev - Qabul komissiyasi masʻul kotibi)ga murojaat qilishlari mumkin.