Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul e’lon qilinadi!


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga muvofiq Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul tashkil etilmoqda.

Urganch davlat universitetining magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlar joriy yilning 4-oktabr kuniga qadar universitetning Magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Muhim ma’lumotlar:

Qo‘shimcha qabul universitetning mavjud quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olingan holda amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun kontrakt miqdori universitet tomonidan, bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib belgilanadi.

Ushbu kontrakt 2 yil davomida bir xil miqdorda to‘lanadi. Bakalavrdagi kabi bir yil super-kontrakt to‘lab, keyingi yil odatiy kontraktga o‘tish tartibi mavjud emas.

Qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirgan xotin-qizlar uchun kontrakt to‘lovi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilmaydi – har ikki kursda ham.

Murojaat uchun: +998 94 230 19 78