Close
Skip to main content


Elon! Yoshlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish takomillashtiriladi.


Yoshlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish takomillashtiriladi

Hukumat qarori (78-son, 25.02.2026-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 Unga koʻra, “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha, 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga toʻlmagan) quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:

  • Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari;
  • oilasining oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan.


Ariza beruvchi “Yoshlar daftari”ga kirish va ijtimoiy yordamlardan birini koʻrsatishni soʻrab davlat xizmatlari markazi, YIDXP (my.gov.uz) yoxud Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.

“Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan koʻrsatiladigan yordamlar individual rejaga muvofiq ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etiladi.

Ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilishi Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda monitoring qilinadi.

Monitoring jarayonida ijtimoiy shartnomada belgilangan har bir shartning bajarilishi har oyda 100 balli tizimda baholanadi.

Barcha shartlar boʻyicha yigʻilgan ballarining umumiy yigʻindisini shartlarning soniga boʻlgan holda oʻrtacha koʻrsatkich aniqlanadi.

Kamida 6 oy davomida muntazam ijtimoiy shartnoma shartlarini “aʼlo” darajada bajargan, oʻrtacha oylik koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan 1 000 nafargacha yoshlar har yili dekabr oyida BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.