Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



“Ekologik ta’lim-ekologik barqarorlik omili”

Ekologik taʼlim va tarbiya bugunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, ekologik taʼlim-tarbiya tabiat va jamiyat oʼrtasidagi uzviylikni taʼminlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, ekologik taʼlim-tarbiya yoshlarni tabiatdan ongli ravishda foydalanish va ular qalbida tabiatga mehr-muhabbat uygʼotish hamda tejamkorlikka oʼrgatishda qoʼl keladi. 

Bugun Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazida “Ekologik ta’lim-ekologik barqarorlik omili”   mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ushbu masalalar haqida soʼz bordi.Unda Urganch davlat universiteti  "Ekologiya va HFX" kafedrasi dotsentlari Sh.Babajanova, O.Masharipov oʻz maʼruzalari shuningdek,  Tarix fakulteti tyutori N.Matvapayeva hamda talabalar  qatnashdilar.

Ulashish: