Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Bugun 3-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navbatdagi ilmiy -nazariy seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda  PhD, v.b. dotsent Sapayeva Rayhon Bobojonovnaning “Boburnoma”ning nemischa tarjimasida ijtimoiy-siyosiy leksikaning aks etishi” mavzusidagi hamda 2-kurs magistranti Kodirberganova Muazzamning « Les particularités et les analyses sémantiques des locutions phraséologiques avec le verbe ''faire''» mavzusidagi ma'ruzalari tinglandi.

Ma’ruzada “Boburnoma”dagi tarixiy davrga xos ijtimoiy-siyosiy terminlar, hukmdorlikka oid unvon va mansab nomlari, saroy va harbiy boshqaruvga oid leksikaning nemis tiliga tarjima jarayoni tahlil qilindi. Tarjimada transliteratsiya, izohli tarjima hamda madaniy moslashtirish kabi strategiyalarning qo‘llanishi ilmiy asosda yoritildi.

Seminarda ishtirokchilar tarjimadagi madaniy birliklarni adekvat yetkazish, tarixiy matnning ruhini saqlash va lingvomadaniy mazmunlarni to‘g‘ri talqin qilish masalalari yuzasidan savollar bilan ishtirok etdilar.

Ulashish: