Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


"Xalqaro moliya munosabatlari" fanidan innovatsion ELEKTRON DARSLIK yaratildi.

Urganch davlat universiteti "Turizm va iqtisodiyot" fakulteti "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori Sherov Alisher Bakberganovich hamda Toshkent moliya instituti "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ataniyazov Jasur Hamidovich hammuallifligida "Xalqaro moliya munosabatlari" fanidan EHM vositalari uchun innovatsion ELEKTRON DARSLIK yaratildi. Ushbu darslik orqali talabalar fan bo'yicha yangi bilimlarni o'zlashtirishlari, mustaqil ta'lim topshiriqlari, ko'rgazmali hamda tarqatma materiallar yordamida bilimlarini mustahkamlashishlari, shuningdek fan bo'yicha o'z bilimlarini nazorat savollari, avtomatlashgan test va krossvordlarni bajarish orqali sinab ko'rishlari mumkin. Ushbu elektron darslik O'zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligida 2020-yilning 11-noyabrida №DGU 09787-raqam bilan ro'yxatga olingan hamda mualliflik guvohnomasi olingan. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug'iga asosan talabalar uchun elektron darslik sifatida nashr etishga ruxsatnoma olingan va 110-320-raqam bilan ro'yxatga olingan.