Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda ozarbayjonlik olima talabalarga dars mashg‘ulotlari olib bormoqda


Joriy yilning 6-noyabridan 20-dekabriga qadar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i,  Folklor instituti katta ilmiy xodimi, f.f.n., dotsent Ibrahimova Aynur Aydin qizi oliygohning O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 4-kurs talabalariga  “O‘zbek va ozarbayjon folklor aloqalari” fanidan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Bugun mehmonni Filologiya va san’at fakulteti dekani D.G‘ayipov boshchiligida universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, folklorshunoslik yo‘nalishida qo‘shma tadqiqotlar, innovatsion yondashuvlar hamda professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mehmon universitetdagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, o‘zbek va ozarbayjon xalqlarini bog‘lab turgan tarixiy-madaniy rishtalarni mustahkamlash yo‘lidagi bunday tashabbuslarning ahamiyatini alohida e’tirof etdi.

Ulashish