Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA TYUTORLAR UCHUN MALAKA OSHIRISH SEMINARLARI BOSHLANDI


Joriy yilning 7–8-yanvar kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tyutorlarning bilimi va kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Seminarning dastlabki kunida universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov ishtirok etib, tyutorlik faoliyatining bugungi oliy ta’lim tizimidagi o‘rni, mas’uliyati va ustuvor vazifalari haqida atroflicha fikr bildirdi. Rektor o‘z nutqida tyutorlar talabalar bilan ishlashda nafaqat maslahatchi, balki yo‘naltiruvchi va tarbiyaviy jarayonning muhim bo‘g‘ini ekanini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, Birinchi prorektori D.Ibadullayev “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida, rektor maslahatchisi A.Shakarov “Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati” yuzasidan ma’ruza qildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova tomonidan tyutorlarni korrupsiyaga qarshi bilimlarini oshirish maqsadida onlayn bepul masofaviy ta’lim https://virtual.proacademy.uz/higher-education/ platformasi orqali tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminarning ikkinchi qismida HEMIS bo‘lim boshlig‘i M.Habibullayevning "HEMIS axborot tizimida shaxsiy sahifasini yaratish", amaliyotchi psixolog Sh.Madraximovaning "Talabalarning psixologik portretini shakllantirishda tyutorlar bilan hamkorlik", Registrator ofisi mutaxassisi X.Sobirovning "TTJga Billing tizimi orqali joylashtirish", Profilaktika inspektori M.Bobojonovning "Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishning normativ-huquqiy asoslari" kabi mavzularda taqdimotlar qilindi. 

Shuningdek, universitet Tyutorlar kengashi raisi R.Matchanov “Tyutorlik tizimining umumiy vazifalari va mas’uliyati” mavzusida,   Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi M.Yaqubov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktyabrdagi PQ-213-sonli qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi bilan to‘lov-shartnoma shaklida universitetga qabul qilingan talabalarga moddiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish tartibi haqida tushuntirishlar berdi.

Seminarda universitetning barcha fakultetlari yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdi.

Ulashish