
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan yangi yo'nalish sifatida 60611100 – Infokommunikatsiya injiniringi hamda 60712100 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ta’lim yo‘nalishlari belgilangan mezon va talablar asosida maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi.
Akkreditatsiya jarayonida ta’lim dasturlarining mazmuni, professor-o‘qituvchilar salohiyati, moddiy-texnik baza, o‘quv-uslubiy ta’minot, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sifati ko‘rsatkichlari atroflicha o‘rganildi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining yakuniy xulosasiga ko‘ra, Urganch davlat universitetining mazkur ta’lim yo‘nalishlari yangi yo'nalish sifatida ijobiy baholanib, maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi va ochishga ruxsat berildi.
Urganch davlat universiteti jamoasi ta’lim sifatini yanada oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.