Urganch davlat universiteti sport majmuasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayoni (23.03.2019 yildagi 6300-xh-son) ning ijrosini ta'minlash bo‘yicha Urganch davlat universitetida yoshlarning madaniyat va san'at, sport, kompyuter texnologiyalari, kitobxonlikka jalb etish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoshlarni har jihatdan sog‘lom, jismonan baquvvat va chiniqqan, aqlan yetuk, sabr-qanoatli, chaqqon va intiluvchan, epchil va harakatchan, g‘ayratli, uddaburon va tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalash maqsadida universitet sport majmuasida 17 ta sport turidan “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi. 2019-yil 13-iyun Urganch davlat universiteti sport majmuasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

