Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



EGE DAVLAT UNIVERSITETI BILAN MOBILLIK AMALGA OSHIRILMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim yo’nalishini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, xorijiy o’quv yurtlari bilan birgalikda faoliyat olib borish, o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tajriba almashish ishlari keng amalga oshirilmoqda. Bu borada Urganch davlat universiteti ham ilgʼor taʼlim muassasalaridan biri sanaladi. Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti magistrlari “Maktabgacha ta'lim metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent N.Quchqorova va kafedra professori M.S.Salayeva rahbarligida Turkiyaning Izmir shahridagi Ege davlat universitetiga tashrifi doirasida ushbu universitetning Ta‘lim fakultetida boʻlib, fakultet dekani va rahbariyati bilan yaqindan tanishishdi.9-dekabr kuni magistrlar Ta‘lim fakulteti  Maktabgacha ta‘lim yoʻnalishi 3- va 4-kurs talabalarining Yoga dars mashgʻulotlari jarayonini kuzatishdi. Bundan tashqari, N.Quchqorova, M.Salayeva va magistrlar Ege universitetining “Maktabgacha ta'lim" bo‘limi mudiri Doş. Dr Sibel Sönmez bilan uchrashib, universitet qoshidagi maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiya jarayoni bilan tanishishdi.

Ulashish: