Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi"(maktabgacha ta'lim) mutaxassisligi magistrantlari almashinuv dasturi asosida faoliyat olib borishmoqda

Turkiyaning Izmir shahridagi Ege  universitetida Pedagogika fakulteti  "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri dotsent N.Quchqorova  boshchiligida bir guruh talabalar almashinuv dasturi asosida faoliyat olib borishmoqda. 13-dekabr kuni magistrlarimiz talabalarning amaliyot o'tash tizimi bilan tanishish maqsadida Turkiyaning Izmir shahridagi "Orkide" davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lishdi. Jarayonlarni yaqindan o'rganib, tashkilotning moddiy-texnik bazasi, mashg'ulot xonalarining jihozlanishi hamda davlat va nodavlat MTTlarning o'ziga xos jihatlari bilan tanishishdi. Shu kunning ikkinchi yarmida Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabalari amaliyot o'tayotgan "Atakent Aysel" nomli maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurishdi. U yerda "Ritm" mashg'ulotlari jarayonini kuzatishdi hamda talabalarning amaliyot hujjatlari bilan tanishishdi.

Ulashish: