Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Akademik mobillik doirasidagi jarayonlar davom etadi

UrDU Xorijiy filologiya fakulteti "Tarjimasi nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi mudiri G.Rahimova, “Ingliz yili va adabiyoti” kafedrasi katta o'qituvchisi  R.Abidova hamda “Maktabgacha ta'lim” kafedrasi mudiri  N.Qo'chqarova Ege universiteti Xalqaro aloqalar bo'limi xodimi  Pinar Fedakar va yosh olimasi Arzu Ajar bilan uchrashdilar.

   Taʼkidlash joizki, uch oy davomida Urganch davlat universitetida doktorlik mavzusi bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borgan tadqiqotchi olima Arzu Ajarning universitetimiz haqidagi taassurotlari olam-olam. Uning bu boradagi iliq fikrlarini tinglagan delegatsiyamiz chin maʼnoda faxr tuygʻusini his qilganliklarini taʼkidlashmoqda. Shuningdek, uchrashuvda  olima Arzu Ajar hozirda universitetimizning adabiyotshunos olimi, marhum ustozimiz professor Safarboy Ro'zimboyev haqidagi kitob ustida ishlayotganini toʻlqinlanib gapirib oʻtdi. 

Ulashish: