UrDUda Mini-futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi
Ma'lumki, ayni kunlarda “Sport musobaqalarida birlashaylik” shiori ostida talaba-yoshlar oʻrtasida sportning Mini-futbol turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.
Bugun, 13-aprel kunidan Urganch davlat universitetida ham Mini-futbol turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari start oldi.
Musobaqalar avvalida ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov soʻzga chiqib, jamoalarga omad tiladi. Qura tashlashdan soʻng, musobaqalar boshlandi.
Musobaqalarda universitetning 11 ta jamoasi ishtirok etmoqda.


