Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Talabalar ligasi: basketbol

Urganch davlat universitetida yoshlarni sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilayotgan “Talabalar ligasi” va “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda. Ayni kunlarda ushbu musobaqalarning fakultet bosqichlari boʻlib oʻtmoqda. 

Bugun, 13-sentabr kuni Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti talabalari basketbol boʻyicha musobaqalarda ishtirok etishmoqda. 

Musobaqalar avvalida universitet rahbariyati ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda talabalarga musobaqalarning oʻtkazilish tartibi haqida tushuntirish berildi. Shundan soʻng, fakultetning 200 nafarga yaqin talabalari jamoalarga boʻlingan holda maydonga tushdilar.

Eslatib oʻtamiz, har bir sport turi boʻyicha universitetning 9 ta fakultetida musobaqalarning saralash bosqichlari oʻtkaziladi.

urdu.uz, Talabalar ligasi: basketbol

urdu.uz, Talabalar ligasi: basketbol

urdu.uz, Talabalar ligasi: basketbol

urdu.uz, Talabalar ligasi: basketbol

Ulashish: