Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilmiy uslubiy seminar

Urganch davlat universiteti “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasida "Qovun genafondini saqlash,eksportdan navlarni ajratish" mavzusida kafedra mudiri PHD S.M. Sadullayev ilmiy-uslubiy seminar o'tkazdi. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan “Mevachilik va sabzavotchilik” dots., Rahimov.A so‘zga chiqib yig’ilishni ochib berdi.Shundan so’ng  S.Sadullayev “Qovun genafondini saqlash,eksportdan navlarni ajratish”mavzusida ma’ruzaga chiqdi.Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida amaliy mashg’ulotlarda qovun,qovun genafondini saqlash,eksportdan navlarni ajratish maruzalarini tushintirdilar.Qovun mevasining turli usullari ya’ni muzlatish,murabbo,quritish hamda osib qo’yish usullari,qovun mevasining shifobaxsh xususiyatlari,uning tarkibidagi makro va mikro elementlarni inson organizmiga qanday ta’sir qilishi,va saqlanuvchanligi yuqori bo’lgan qovun navlari  va xalq xo’jaligidagi ahamyati haqida to’liq va batafsil ma’lumotlar berildi.Qovunning yo’qolib borayotgan turlaridan uning genafondini saqlash va navlarni ajratishda universitetimizning tajriba stansiyasida ilmiy ishlar olib borayotganligini maruza davomida  vidio roliklarda tushuntirdilar.Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinku ruhda o’tdi. 

Ulashish: