Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilmiy nazariy seminar

Urganch davlat universiteti “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasida "Qovun yetishtirish agratexnalogiyasi" mavzusida kafedra mudiri PHD S.M. Sadullayev ilmiy-nazariy seminar o'tkazdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Rahimov.A  so‘zga chiqib yig’ilishni ochib berdi.Shundan so’ng, Sadullayev.S “Qovun yetishtirish agratexnalogiyasi” mavzusida ma’ruzaga chiqdi. Ma’ruzachi qovun mevasi, odatda, poliz ekinlari ichida eng ko‘p miqdorda qand moddasini saqlaydi, asosan saxaroza holida uchraydi. Qovundan asal (shinni), qovun qoqi tayyorlanadi. Qovun urug‘ning tarkibida ko‘p miqdorda 25-30% gacha moy saqlanadi. Qovun mevasidan sil va bronxit, kamqonlik va bodni, yurak, nerv, ateroskleroz va jigar kasalliklarini davolashda foydali ekanligini aytdilar. Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Qovunni ertapishar – Rohat, o‘rtapishar – Suyunchi–2, Oltin vodiy, Lazzatli, Oltintepa, Obi novvot, Gurvak, Bo‘rikalla, kechpishar – To‘yona, Gurlan, Amudaryo, Gulobi Xorazmiy, Zar gulobi, Saxovat, Umrboqiy, Be-shak kabi navlari ekiladi. Urug‘ tanlash. Qovun urug‘i naviga xos rangli, yuqori unuv­chan, kasalliklardan xoli, o‘rtacha kattalikda, butun va to‘la bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lar ekish uchun 12-18 soat davomida oddiy suv yoki o‘stiruvchi moddalar bilan ivitib qo‘yilsa unuvchanligi yuqori bo‘lishi to'g'risida gapirib o'tdilar.

 

Ulashish: