Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Biz sog`lom turmush tarzi tarafdorimiz!

  

           Joriy yil 27-28-dekabr kunlari "1-yanvar-Yangi yil" bayramiga bagʻishlab, universitet Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan  professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida Voleybol boʻyicha “Universitet birinchiligi” musobaqalari tashkil qilindi. Bayram 

munosabati bilan o`tkazilgan  ushbu musoboqada universitetning barcha  professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlari faol qatnashdi.

          Musobaqa natijalariga ko`ra  ayollar oʻrtasida:

        Oliy o'rin: Sport va san'at fakulteti jamoasi;

        1-oʻrin: Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi

        2-oʻrin: Ijtimoiy -iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi; 

        3-oʻrin: Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi. 

 

        Erkaklar oʻrtasida:

        Oliy o'rin: Universitet terma jamoasi;

        1-oʻrin: Fizika-matematika fakulteti jamoasi

        2-oʻrin Pedagogika fakulteti jamoasi;  

        3-oʻrin Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi

                   “1-yanvar- Yangi yil” bayramiga bagʻishlangan voleybol musobaqasida O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi O`zbek tilshunosligi kafedrasi va Adabiyotshunoslik kafedralari hamjihatlikda musobaqada faol  ishtirok etdilar va gʻoliblar qatorida UrDU

         Kasaba uyushma qoʻmitasining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

 

Ulashish: