Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiy tavalludining 210 yilligiga bag‘ishlab uchrashuv o‘tkazildi

2019 yil 29 noyabr kuni Xorijiy filologiya fakultetida hurmatli prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbusning  4-bandi ijrosi sifatida yoshlaring ma’naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni adabiyotga yanada oshno qilish maqsadida filologiya fanlari doktori Abdulla O‘rozboev va taniqli shoir va yozuvchi Shuxrat Matnazarov hamrohligida atoqli o‘zbek adibi,  shoir, tarjimon va muharrix Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiy tavalludining 210 yilligiga bag‘ishlab uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mutaxassis XIX  asr buyuk adibining asarlari haqida ma’lumotlar keltirdi, ayniqsa adibning durdona asari "Shohid -ul- iqbol " asari mazmun mohiyatiga alohida to‘xtaldi. Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir juda maroqli bo‘lib,  jonli muloqot tarzida o‘tdi va barchamizga ma’naviy ozuqa ulashdi.

Ulashish: